Skip to content

Qulaylik (accessibility) ​

WCAG 2.2 AA loyiha maqsadi. Amalda bu quyidagini anglatadi:

Tahrirlanadigan maydon ​

  • label majburiy: tahrirlanadigan maydon aria-multiline va siz bergan nomga ega role="textbox" bo'ladi ('Article text' yoki { labelledBy: 'heading-id' }).
  • Placeholder faqat ko'rsatilmaydi, balki ovoz bilan ham o'qib beriladi.
  • Tab tuzoqqa tushirilmaydi: u ro'yxat elementlarini ichkariga suradi va jadval kataklari orasida yuradi, boshqa hamma joyda esa muharrirdan chiqib ketadi.

UI controller'lari ​

@writeon/ui'dagi hamma narsa va uning ustiga qurilgan kit (tayyor to'plam) WAI-ARIA Authoring Practices'ga amal qiladi:

ControllerAndozaKlaviatura
createToolbarToolbarBitta Tab to'xtash joyi, strelkalar, Home/End
createMenuMenyu tugmasiStrelkalar, Enter/Space, Escape, yozib o'tish
createLinkPopoverDialogga o'xshash formaMod-k, Escape
createImageDialogModal dialogFokus ichkariga o'tadi va ichida ushlab turiladi, Escape
createBubbleMenuBelgilangan matn yonidagi toolbarKirish uchun Alt-F10, qaytish uchun Escape
createSuggestionMenuListbox'li comboboxFokus muharrirda qoladi; strelkalar, Enter/Tab, Escape
createTooltipTooltip (WCAG 1.4.13)Fokusda chiqadi, Escape yopadi, ustiga sichqoncha olib borsa bo'ladi

Yoqib-o'chiriladigan tugmalar aria-pressed'dan foydalanadi, tezkor tugmalar aria-keyshortcuts orqali e'lon qilinadi, taklif ro'yxati esa nechta variant borligini polite live region'da e'lon qiladi.

Rasmlar ​

Rasm bezak sifatida belgilanmagan bo'lsa (alt=""), alt matn majburiy. Tavsifi yo'q rasmlarda data-alt-missing bo'ladi, shunda ularni ko'rsatib qo'yishingiz mumkin.

Tarjimalar ​

UI matnlari sukut bo'yicha inglizcha. @writeon/ui/locales/uz va @writeon/ui/locales/ru birga keladi; ularni messages sifatida bering yoki alohida matnlarni almashtiring:

ts
import uz from '@writeon/ui/locales/uz'

createToolbar(editor, { items, messages: uz })
createToolbar(editor, { items, messages: { bold: 'Strong' } })